O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga 32 yil!

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ul xodimlari, tuman va shahar partiya kengashlari raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi davlatimiz mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab, 32 yil davomida islohotlarning faol ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 41 mingdan ziyod partiya a’zolari bo‘lib, ular 659 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston XDP fraksiyasi hamda Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarida O‘zbekiston XDP deputatlik guruhlarida 100 dan ortiq deputatlar faoliyat yuritadi.

Bayram tadbiri davomida faollarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining tashakkurnomalari va maxsus esdalik sovg‘alari  topshirildi.

 

 

 

Teglar

Faxriy
← Roʻyxatga qaytish