Saylov o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari tushuntirildi

 

Jizzax viloyati, Yoshlar markazi majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda Saylov o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.O‘razboyev, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari, xodimlari, yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Qonun loyihasi bilan bir mandatli saylov okruglarida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan, deb hisoblanishi belgilanganmoqda. Ya’ni mutlaq ko‘pchilik emas, balki nisbiy ko‘pchilik ovozi bilan deputatlar saylanishi taklif etilmoqda.

Qonun loyihasini yanada takomiliga yetkazish maqsadida, joriy yilning 10 oktabr kunidan 24 oktabr kuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Muhokamalarda yoshlar, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari va siyosiy partiyalar vakillari, umuman Vatanimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz ishtirok etib, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jamoatchilik muhokamalari davomida qonun loyihasi yuzasidan 400 ga yaqin taklif-mulohazalar kelib tushdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish