Deputatlar tomonidan Forishda o‘rganishlar olib borilmoqda

 

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari Ra’no Daulanova, Ahmad Soyaqulov va Bobomurod Gulmurodzodalar tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda.

Jumladan, deputatlar “Bog‘don” mahallasida joylashgan Forish ixtisoslashgan maktabida bo‘lishdi. Ushbu ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tumandagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan shtabga ma’lumotlar kiritishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish