“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

 

O‘zXDP G‘allaorol tuman kengashi deputati A. Ismoilov “Qo‘ytosh” MFY hududida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shdi. Mazkur loyiha doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borildi.

Xalqimizning qadimiy an’analari va urf-odatlariga binoan, daraxt ekish jarayoni nuroniylarning duolari bilan boshlandi, yaxshi niyatlarning ijobati, xayr-baraka so‘raldi.

Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi. Mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

 

 

 

Teglar

Deputat
← Roʻyxatga qaytish