«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida aholi manfaatlari

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyati va Zafarobod tuman kengashlari tomonidan Lolazor mahallasidagi 12-oilaviy poliklinikada «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi targ‘iboti bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar strategiyada belgilangan maqsadlar bo‘yicha tushunchalar berishdi. Jumladan, mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, diabet va yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolashni to‘liq qamrab olish, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarni 2 barobarga qisqartirish, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha skrining tekshiruvlar qamrovini kamida 50 foizga oshirish, homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab tug‘uruqdan so‘ng 42 kun ichida ayollar, go‘daklar va besh yoshgacha bolalar orasidagi o‘limni 2 barobarga kamaytirish kabi masalalar qo‘yilganligi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda faol ishtirok etayotgan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, BPTlari faollariga partiyaning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tibbiyot xodimlarining bir guruhiga partiyaning a’zolik guvohnomalari berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish