«Deputatlar bog‘i» tashkil etildi

 

Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan Shodlik MFY hududidagi tashlandiq yer maydoni yumshatilib «Deputatlar bog‘i» tashkil etildi.

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri V. Xasanov boshchiligida tashkil etilgan ushbu ishlarda tuman Kengashi deputatlari O.Begmatov, J.Yoqubov, H.Qudratov, N.Adilovlar faollik ko‘rsatishib, ushbu ishlarga hududdagi yoshlarni ham jalb etishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish