Deputatlik so‘rovi orqali maktabning yangi binosi qurildi

 

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Qoraqo‘ng‘irot mahallasidagi Chilimboshi qishlog‘ida 45-sonli maktabning yangi bitkazilgan binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu maktabni qayta qurish, ya’ni davlat dasturiga tushirishga 26-Qoraqo‘ng‘irot saylov okrugi deputati, O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi raisi Sulton Hamroyev tomonidan 2019 yilda deputatlik so‘rovi orqali murojaat qilinib, erishilgan edi.

Natijada loyiha qiymati 4,5 milliard so‘mlik umumiy o‘rta ta’lim maktab binosi qurib bitkazildi. Foydalanishga topshirilgan yangi maktab binosidan qishloq aholisi juda mamnun bo‘ldi.

Maktabning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev va sektor rahbarlari, deputatlar, nuroniylar ta’lim sohasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga qaratilganini ta’kidlashdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish