Deputat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

 

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh. Mamadetsoyev bir guruh partiya faollari bilan birga tuman va shahardagi ijtimoiy obyektlar, ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini o‘rgandi.

Xususan, 4- va 1-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, isitish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Ko‘p qavatli uylarning mavsumga tayyorgarlik ahvoli ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar qisqa fursatlarda bartaraf etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan kelishib olindi.

O‘rganishlar chog‘ida fuqarolarning boshqa masalalar yuzasidan ham murojaatlari tinglandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish