Xotin-qizlar murojaati hal etilmoqda

 

Bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash borasidagi ishlar natijasi chekka-chekka hududlardagi har bir xonadonda o‘z ifodasini topmoqda. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarda O‘zbekiston XDP ning ham o‘z o‘rni bor.

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi Hanifa Halilovaning partiya tuman Kengashiga qilgan murojaati deputat Javlon Abdullayev tomonidan o‘rganib chiqildi. Tuman hokimi hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ishtirokida fuqaroning xonadoniga borildi. Murojaatchiga nogironlik aravachasi yetkazilishi bilan birga moddiy yordam ko‘rsatilib, ko‘mir yoqilg‘isi berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish