Yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston XDP viloyat kengashi tomonidan “Men xalq demokratik partiyasini tanladim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston XDP viloyat kengashi mas’ul xodimlari partiyaning saylovoldi dasturi, ustavi hamda saylov jarayonlari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filiali direktori Abdusalom Ziyoyevga partiyamizning a’zolik guvohnomasi topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish