Armiya vatanparvarlik va jasorat maktabi

 

Olmaliq shahar «Hilol» mahalla hududida joylashgan 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uyushmagan yoshlar va o‘quvchilar ishtirokida «Armiya vatanparvarlik va jasorat maktabi» shiori ostida «Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harbiy xizmatning obro‘-e’tibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lib, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyachisidek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilayotganligi xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbir davomida harbiylikka havas qilgan o‘quvchi-yoshlarning badiiy chiqishlari ham o‘rin oldi. Xonandalar tomonidan mahorat bilan kuylangan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish