Siyosatchi ayol bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar bilan “Siyosatdagi ayollar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Nazira Matyaqubova, Nukus davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar bo‘yicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanovalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi xususida gapirib berishdi.

Spikerlar rahbarlikkacha bo‘lgan hayot yo‘llari haqida so‘zlab, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun egallangan bilimlarni doim oshirib borish, aqliy mehnatning ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish