Ayollar va yoshlar bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar kengashi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Navoiy Davlat pedagogika institutining Tabiiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, turli xil kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda profilaktikasi mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqan XDP faoli, "Bahor" MFY xotin-qizlar faoli N. Xudoyqulova qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratdi.

Erta turmush qurish oqibatida ko‘plab mojarolar, oilaviy ajrimlar vujudga kelayotganligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish