Saylovchilar bilan ochiq muloqot deputatlik faoliyatining ustuvor vazifasidir

 

Ayni kunlarda Respublika miqyosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov hududlarida saylovchilar bilan uchrashib,ularning murojaatlarini tinglab,ochiq muloqot qilishmoqda.

Xususan, joriy yilning 26-yanvar kuni Jizzax shahar Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 2-sonli bolalar musiqa va sa’nat maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboyev va Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari Halima Negmatova ishtirokida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Zahriddin Muhammad Bobur, Madaniyat, Kimyogar, Mirzo Ulug‘bek, Do‘stlik Jizzaxlik, Qassoblik, O‘ratepalik,Sayiljoyi va Zargarlik MFY raislari, fuqarolari, tuman tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari jami 200 nafar faol ishtirokchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz raisligida 16-yanvar kuni 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi haqida so‘z bordi. Ma’lumki, unda 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Uchrashuvda mazkur masalalar mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirilib hamda bu borada jamoatchilik nazoratini olib borish ta’kidlandi. 2024 yilda investitsiya, eksport va sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Mamlakatimiz sanoatiga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, sanoatni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning natijadorligi, shuningdek, joylarda atmosfera havosining ifloslanish holatini, unga ta’sir etuvchi omillar hamda ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Turli masalalarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga tegishli tartibda ko‘rsatmalar, ayrim masalalarni hal etishda huquqiy tushunchalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish