Partiya safiga xotin-qizlar qabul qilindi

 

O‘zbekiston XDP Ko‘kdala tuman kengashi tomonidan tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda xotin-qizlar oliy ta’limdagi imtiyozlar, pensiyaga chiqishda yaratilgan imkoniyatlar, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan 2 nafar xotin-qizning murojaati tuman partiya kengashi raisi, deputat U. Julbulov tomonidan nazoratga olindi.

Uchrashuv so‘nggida partiya safiga kirish istagini bildirgan 10 nafar xotin-qizga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish