Faol xotin-qizlar sharaflandi

 

Ayoli zukko, bilimli, farosatli, tadbirli bo‘lgan jamiyatda o‘sish, rivojlanish bo‘lmog‘i muqarrar. Shu bois ham yurtimizda ayol sha’nini ulug‘lash, qadrini ko‘tarishga muhim masala sifatida qaraladi. Qaysi bir jabhani olib ko‘rmaylik ayol hissasi, mehnati mujassam.

O‘zbekiston XDP Buxoro shahar kengashi a’zolarining 60 foizdan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etadi. Elektorat manfaatlarini himoyalash, salomatligi uchun g‘amxo‘rlik qilish borasida partiya kengashi tomonidan tinimsiz sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Partiyaning viloyat kengashida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida faol, tashabbuskor partiya a’zolari, faol deputatlar va boshlang‘ich partiya tashkiloti raislari ishtirok etdi. O‘zXDP Buxoro shahar kengashi raisi R. Kazimova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan ayyom, 8 Mart – xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabrikladi.

– Bugungi bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan munosib rag‘bat barchamizni ruhlantirib yubordi. Mahallamiz Xalq demokratik partiyasi bilan hamisha birga, – deydi faol partiya a’zosi, 30-MFY raisi Lola Mirzaboyeva.

Uchrashuvda mamlakatimizda kechayotgan islohotlardagi namunali ishtiroki, fidokorona mehnati, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, ibratli fazilatlari va jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘-e’tibori uchun bir guruh partiya faollari sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish