Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z

 

Navro‘z bayrami munosabati bilan Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z” bosh g‘oyasi asosida xalq sayli o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati D. Niyazmetova va Xalq deputatlari Gurlan tuman kengashi deputati D.Matyakubovalar ham o‘zlari faoliyat yuritayotgan maktab jamoasi bilan birgalikda Navro‘z bayrami taomlari ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida maktab o‘quvchilari va tuman madaniyat uyi xushovoz xonandalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar namoyish qilindi.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish