Navro‘zi olam shukuhi

 

Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam shukuhi kezib yuribdi. Olot tumani markazidagi markaziy o‘yingohda o‘zbek xalqining yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lmish - Navro‘z umumxalq bayrami xalq sayli tarzida tantanali nishonlandi.

Bayram tadbirida O‘zbekiston XDP Olot tuman kengashi deputati Nargiza Nematova ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etib, barchani yangilanish va yasharish, qut-baraka, farovonlik ayyomi bilan qutladi.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish