Ustuvor vazifalar va amaliy ishlar tahlili

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markazi Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Jizzax viloyati kengashida mintaqaviy partiya tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muloqot o‘tkazdi. Unda deputatlik birlashmalari, boshlang‘ich tashkilotlar, mafkuraviy hamda boshqa tashkiliy yo‘nalishlaridagi ishlarni muvofiqlashtirish masalalari haqida so‘z bordi.

Muloqot davomida joylardagi mavjud faoliyat atroflicha tahlil qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy tashkilotlar rahbarlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Partiya ishini yanada jonlantirishga oid tavsiyalar tinglandi.

Shuningdek, kelgusidagi ustuvorliklar hamda ularning ijrosi bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. Tahliliy o‘rganishlar asosida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, oldinda turgan vazifalar ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish