Partiyamiz faoli Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi

 

O‘zbekiston XDP Nishon tumani kengashining faol yoshlaridan biri, Nishon tumani Shirinobod mahallasida yashovchi Irgashov Xusniddin Nuriddin o‘g‘li 2023-2024 o‘quv yilida Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lib, muddatdan avval oliy ta’limning magistratura bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida X.Irgashov Chirchiq davlat pedagogika universitetining Gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqichida tahsil oladi.

Partiyamiz faolini davlat mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz va yangi yutuqlar tilaymiz.

 

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish