Yosh harbiylar bilan uchrashuv

 

O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi tomonidan Sharof Rashidov tumanida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yosh harbiylar bilan “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda harbiy qism rahbariyati, Xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zolari, O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi rahbar va mas’ullari hamda yosh harbiylar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar, ta’lim, sport, biznes va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlar, yoshlarga oid qonunlarning mazmun-mohiyati hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini tushuntirdi.

Uchrashuv so‘nggida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan javoblar olishdi hamda o‘zlarining talab va takliflarini bildirishdi. Faol qatnashgan yoshlarga partiya tomonidan sovg‘alar topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish