Siz huquqingizni bilasizmi?

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tashabbusi bilan Qibray tumani kengashida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida "Siz huquqingizni bilasizmi" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati kengashi mas’ul xodimi S.Axmedova so‘zga chiqib, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularning ahamiyati haqida gapirdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Muloqot so‘nggida partiya dasturiy maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan xotin-qizlarga a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish