Fidoyi xodimlarga xizmat uylari topshirildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputatligiga saylangan Abdullayev Bahodir Tojimirzayevich tomonidan o‘zi rahbarlik qilayotgan “B.A Xolding” tarkibiga kiruvchi korxonalarda samarali faoliyat olib borayotgan 10 nafar ishchi xodimlarga xizmat uylari berildi.

“B.A Xolding” Assotsiatsiyasining ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishi davrida alohida tashabbus ko‘rsatib, faol xizmat qilib kelayotgan xodimlarga xizmat uy-joylarning topshirilayotgani nafaqat bizning korxonamiz rivoji balki ushbu xodimlarimizning oilasi poydevorini mustahkamlash borasidagi xayrli amallardan biri bo‘ladi. Ularning baxtli yashashi uchun oz bo‘lsa-da o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, – dedi Namangan viloyatining faol deputati Bahodir Abdullayev.

Topshirilgan xonadonlar 1 va 3 xonali bo‘lib, bu yerda oilalarning to‘kin, farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularning farzandlari uchun zamonaviy o‘yin maydonchalari ham qurilgan.

Yangi uyga ega bo‘lgan xodimlar va ularning oila a’zolarining quvonchi cheksiz.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish