Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko‘zgusi

 

Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyat ko‘zgusi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir «Boburxon» guruhining doira sadolari ostida boshlanib, Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi ijodkor o‘quvchilari va kutubxonachilarining chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Muloqot davomida Zarbdor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi N.Allamuratova, JDPU «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi dotsenti D.Salimova, «Jizzax haqiqati» gazetasi bo‘lim muharriri A.Mustafoyevlar so‘zga chiqib, kitob inson hayotining ko‘zgusi, bebaho boylik, barcha bilimlar va kashfiyotlarning manbai ekanligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ko‘pgina tanlovlar tashkil etilayotganligiga alohida to‘xtalib, bu tanlovlarda faol ishtirok etish muhimligi haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish