Mo‘ynoqda amaliy tadbir

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi tomonidan Mo‘ynoq tumanida 9-aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan amaliy tadbir tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka hududi hisoblangan Mo‘ynoq tumaniga Prezident Sh.Mirziyoyevning maxsus qaroriga asosan “Silk Avia” kompaniyasi tomonidan yangidan tashkil etilgan Nukus-Muynoq yo‘nalishi bilan "L-410" rusumli samolyotda tadbir ishtirokchilari Mo‘ynoqqa uchib bordilar.

Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari, partiyaning Mo‘ynoq tumani kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari ishtirok qildi.

Muloqot davomida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati, har bir yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangidan qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni va ahamiyati keng turda tushuntirildi. Belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini o‘rnatish, bu borada deputatlarning oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga yangidan qabul qilingan a’zolarga partiya a’zolik guvohnomalari tantanali topshirildi hamda partiya a’zolarining taklifiga asosan Mo‘ynoq tumani “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

Amaliy tadbir doirasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov 9-aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami bilan Mo‘ynoq tumanidagi partiya faollarini tabrikladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish