Beruniyda tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Beruniy tuman kengashi va Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan Beruniy tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi mas’ul xodimlari va hudud aholisi ishtirokida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi doirasida amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish maqsadida mutaxassis shifokorlar tomonidan xotin-qizlar, bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda kasalligi aniqlanganlarga davolanishi uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish