Fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

 

Mirzacho‘l tuman Kengashi deputati A.Namozova hamda tuman Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tumandagi “Do‘stlik” MFY hududi aholisini tomorqalardan samarali foydalanish, oilaviy daromadini oshirishga ko‘maklashish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘rganishda “Do‘stlik” MFY Al-Forobiy ko‘chasining ichki qismidagi avtomobil yo‘li ta’mirtalab holatda ekanligi hamda elektr energiyasi tarmog‘ida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish lozimligi aniqlandi. Mazkur masalalarni hal qilish bo‘yicha tumandagi tegishli mutasaddi rahbarlarga taklif va tavsiyalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish