Faol yoshlar taqdirlandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi vakillari Farg‘ona politexnika instituti talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

Unda ta’lim muassasasining 1- prorektori Sh.Dehqonov, O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona Viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Olimov Olloberdi Aminjonovich, Xalq demokratik partiyasi Rishton tumani kengashi deputati, doktorant To‘ychiyev Baxtiyor Akbaraliyevich, Farg‘ona Shahar kengashi deputati Abduraimov Bagir Toxirjonovich, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi raisi Jumanov Shoxrux Panjiyevich va institut talabalari ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarga oid davlat siyosati, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z takliflarini ham bildirishdi.

Mazkur tadbirda faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish