Shahrisabz yoshlar forumi yoshlarni quvontirdi

 

O‘zbekiston XDP va “Oltin qanot” volontyorlar jamoasi hamkorligida 6-7 may kunlari Shahrisabz shahrida “Shahrisabz yoshlar festivali-2023” bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 150 dan ortiq faol yoshlarni bir yerda jamladi.

Festival davomida yangilangan Konstitutsiya, unda belgilangan yoshlarning huquq va burchlar, yosh avlodning Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z maqsad va g‘oyalarini bekami-ko‘st ro‘yobga chiqarishida yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosati muhim omil bo‘layotgani, shuningdek, yoshlar festivalining maqsad-vazifalari va mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shahrisabz yoshlar festivali ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Unda yoshlar xalqaro grantlar, volontyorlik, IT, "Kelajak liderlari" va yoshlar siyosati yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishdi. Ikki kunlik forum davomida iqtidorli yoshlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Shahrisabz yoshlar festivali-2023” yakunida Shahrisabz va Samarqand shaharlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish