O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Qarshi shahrida uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Qashqadaryodagi ishonchli vakili Olim Ravshanov Qarshi shahridagi 4-o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Nomzodning ishonchli vakili Olim Ravshanov yig‘ilganlarga nomzod saylovoldi dasturida belgilangan tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Jumladan, ishonchli vakil saylovchilarga dasturda nazarda tutilgan ehtiyojmand shaxslarga ajratilayotgan moddiy-ijtimoiy yordam mablag‘larining manzilli va maqsadli yetib borishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari, pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish kabilar haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar bergan savollarga ishonchli vakil tomonidan bafurja javoblar berildi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish