Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili Mavjuda Hasanova Uzun tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Nomzodning ishonchli vakili Mavjuda Hasanova yig‘ilganlarga nomzod saylovoldi dasturida belgilangan tashabbuslar bilan tanishtirdi.

Xususan, nomzodning saylovoldi dasturidagi maktab o‘quv dasturlarida chet tillari va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini ko‘paytirish, davlat hisobidan oliy ta’lim olish tizimini takomillashtirish, kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarining ta’lim olishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kabilar haqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ishonchli vakil uchrashuvda saylovchilar bergan savollarga batafsil javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish