Nomzod ishonchli vakilining Buxorodagi uchrashuvlari davom etmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Buxoro viloyatidagi ishonchli vakili Zulfiya Tuyeva Romitan tumanidagi musiqa va san’at maktabi majlislar zalida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ishonchli vakil Zulfiya Tuyeva saylovchilarni nomzod saylovoldi dasturidagi tashabbuslar bilan atroflicha tanishtirdi. Xususan, ishonchli vakil dasturdagi fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga g‘amxo‘rlik qilish tashabbusi bo‘yicha yig‘ilganlarga bafurja tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv so‘nggida ishonchli vakil Zulfiya Tuyeva saylovchilarning dastur bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish