Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati deputatlik nazoratida


Bugungi kunda Boyovut tumani hududidagi Maktabgacha va maktab ta’lim tashkiloti tomonidan maktablar holatini yaxshilash, undagi muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Mazkur maktabgacha va maktab ta’lim obyektlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 5-Farhod saylov okrugidan saylangan deputat A.Alashukurov, Mirishkor saylov okrugidan deputat A.Xolxo‘jayev, shuningdek XDP tuman raisi A.Ibodullayevlar o‘rganishlar olib borishdi. Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati ko‘zdan kechirildi va doimiy deputatlik nazorati olib borilishi bildirildi.

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish