“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

 

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan Guliston shahar Bilimdonlar maskanida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida ma’daniy ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

 

Tadbir davomida Mustaqillik yillarida partiyamiz a’zolarining jamiyatimiz hayotidagi barcha siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashib, tub islohotlarni amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatayotgani, bugungi kunda yoshlarimiz yurtimiz kelajagi uchun tayanch vazifasida ekanliklari takror va takror ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida faol yoshlarga partiya esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish