Partiya tomonidan faol qatnashchilar taqdirlandi

 

“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida “Maftunkor ranglar jilosi-2023” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli bolalar ishtirok etdi.

Adliya vazirligi va O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 2018 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlovda hududlarda g‘olib bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarning rassomlik va shaxmat sport turi borasidagi mahoratlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi. Unda respublikaning 14 hududidan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov doirasida nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Tadbir so‘nggida faol qatnashchilar O‘zbekiston XDPning esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 

 

 

Teglar

Deputat
← Roʻyxatga qaytish