Faollar aniqlandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, viloyatdagi eng faol tuman va shahar kengashlari aniqlandi.

Partiya a’zolari safini kengaytirish, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan yaqin aloqalarni ta’minlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali olib borish, joylardagi partiya elektorati vakillarini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning ijobiy yechimini topishda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan deputatlik guruhlari aniqlanib, taqdirlandi.

Yil yakunlari bo‘yicha Chirchiq shahar kengashi 1-o‘ringa loyiq topildi. Shuningdek, Ommaviy axborot vositalarida faol bo‘lgan, Xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlashda tashabbuskor, eng kuchli deputatlik korpusi singari yo‘nalishlarda ham samarali faoliyat ko‘rsatgan kengashlar e’tirof etilib, partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish