XDPning yangi yil karvoni

 

Bolajonlarga mehr ulashish, ularning ko‘nglini ko‘tarish har qanday insonga zavq beradi. Ayniqsa, bayramlar arafasida ushbu masala kun tartibiga chiqadi. Xalq demokratik partiyasi ham bu borada faollik ko‘rsatmoqda. Xususan, Toshkent shahar partiya kengashi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 442-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda muassasada bayram tadbiri o‘tkazildi.

 

Bilamizki, bayramlar kuy-qo‘shiqlar o‘tmaydi. Bu gal ham an’anaga ko‘ra bolajonlar o‘z chiqishlari bilan barchani xursand qildi. Muassasa tarbiyachilarining mehnati bilan sahnalashtirilgan raqslar va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Aytish kerakki, muassasada asosan gapirishda va eshitishda nuqsoni bor bolalar tarbiyalanadi. Ularga maxsus tibbiy va pedagogik xizmat ko‘rsatiladi. Bu esa katta mas’uliyat hamda mashaqqat demakdir. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar partiya kengashi raisi Nigora Eshmetova mehnatini e’tirof etdi. Ularning bolalarga g‘amxo‘rligi va ko‘rsatayotgan mehrini hech nima bilan qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidladi.

Tabiiyki, yangi yilda yaxshi tilaklar, ezgu niyatlar bildiriladi va yangi yil sovg‘alari ulashiladi. Partiya mas’ullari ham bolajonlarga bayram sovg‘alarini topshirar ekan ularga eng samimiy izohlarini aytdi.

Bu kabi tadbirlar yurtimizning barcha go‘shalarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish