Fuqarolar murojaati e’tiborsiz qolmadi

 

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani “Konchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Dilbar Mamajonova, tuman hokimi, xalq qabulxonasi mudiri hamda tumandagi barcha sektor rahbarlari, tashkilot va korxona yetakchilari, hokim yordamchilari ishtirokida qabul tashkil etildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

Qabullar jarayonida jami 75 nafar fuqarodan 40 dan ziyod masalada murojaat bo‘ldi. Murojaatlar davolanish, ko‘mir yoqilg‘isi va ichimlik suvi bilan ta’minlash, ko‘chalarni shag‘allashtirish, uy-joyini ta’mirlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalarga taalluqli. E’tiborlisi, 10 dan ziyod fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Xususan, fuqaro Sevara Nazarova turmush o‘rtog‘i onkologik bemor Dilshodjon Nazarovni davolatish uchun moddiy yordam so‘rab qilgan murojaatiga, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yordam ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, Komilaxon Po‘latova ko‘chalarni shag‘allashtirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaaatini tuman “Obodonlashtirish” bo‘limi o‘z nazoratiga oldi.

Muslimaxon Azizovaning gaz balon bilan ta’minlashda qilgan murojaatiga javoban tumangaz rahbari tomonidan balon ajratildi.

Shuningdek, fuqaro Muntazam Xoshimova, Nazokat Avazxo‘jayeva, Roxilaxon Turg‘unova ko‘mir yoqilg‘isi masalasida ko‘mak so‘radi. Ularning masalasi ham joyida hal etildi va shu kunning o‘zida ularga ko‘mir yetkazib berildi.

Ishga joylashishda yordam so‘ragan fuqaro Zarifjon Zokirov, Nilufar Ashurmatova tuman tashkilotlariga ishga joylashtirildi.

Qabullar yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish