Yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tomonidan Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Loyiha mehmoni sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Xasanova va Toshkent shahar kengashi raisi N. Eshmetova ishtirok etdi.

Davra suhbati tarzida tashkil etilgan muloqotda “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvatlash yili, Yoshlarga oid davlat siyosati, bugungi kunda partiya yoshlar bilan olib borayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni loyihalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ochiq muloqotda yoshlarning savollariga loyiha mehmonlari va yoshlar sektori rahbari tomonidan javoblar berildi. Uchrashuv yakunida 10 nafar faol yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi hamda onlayn olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish