Qiz bola bo‘lg‘usi oila bekasi

 

O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyida “Qiz bola bo‘lg‘usi oila bekasi” loyihasi doirasida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda viloyat kengashi mas’ul xodimlari, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada faoliyat yuritayotgan ginekolog va boshqa mutaxassislar, akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan hozirgi kunda yoshlarimiz hayotida uchrayotgan erta va qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, ular bilan bog‘liq salbiy holatlar va uning oqibatlari haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, javoblar olishdi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish