Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi

 

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Kasbi tuman kengashlari tashabbusi bilan viloyat hamda tuman Reabilitatsiya markazlari hamkorligida “Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish – partiya e’tiborida” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda tumanda bu borada olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari va uning samaradorligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda deputatlarning jonbozligi, tumanda xotin-qizlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olishda hamkorlik natijalari, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, deputatlarning sessiya kun tartibiga olib chiqayotgan masalalari va ularning ijrosi, qonun, qarorlar targ‘ibotini chekka hududlargacha yetkazish masalalari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi va uning ahamiyati to‘g‘risida ham gapirilib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.

Tadbir so‘nggida tuman Reabilitatsiya markazida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Boshlang‘ich partiya tashkilotiga qabul qilingan 5 nafar xotin-qizlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish