OSIYO CHEMPIONATIDA 7 MEDAL

Poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 16-Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning yakkalik bellashuvlarida o‘zbekistonlik karatechilar 3 oltin, 1 kumush va 2 bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Jamoaviy kumite bahslarida terma jamoamiz bronza medalini qo‘lga kiritdi. Dastlab Janubiy Koreya va Quvayt vakillarini mag‘lub etgan karatechilarimiz yarim finalda Saudiya Arabistoni jamoasiga imkoniyatni boy berishdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O‘zbekiston terma jamoasi iordaniyalik karatechilar ustidan 3:2 hisobida ustun keldi.

← Roʻyxatga qaytish