YANGI TURMUSH QURGAN YOSHLARGA O‘Z XONADONIDA QO‘SHIMCHA UY - JOY QURISH UCHUN GAROVSIZ KREDIT AJRATILADI!

"Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

▫️bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan;

▫️20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;

▫️boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.

Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim, jumladan:

kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;

"Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);

daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʻlishi;

Teglar

Infografika: "Yosh oilalar" uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
← Roʻyxatga qaytish