Yoʻling ravon boʻlsa, manziling yaqin boʻladi

 


Xalqimizda yaxshi inson yoʻl quradi, degan naql bekorga aytilmagan. Darhaqiqat, jamiyatda yoʻllarning oʻrni beqiyos. Keng va ravon yoʻllar manzilimizni yaqin qiladi, eng muhimi xavfsizligimizni taʼminlaydi.

Ana Shunday xayrli ishlardan biri: Oʻzbekiston XDP Oqoltin tumani Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari E.Babayev, Gʻ.Axmedov va O.Usmonovlar tomonidan "TASHABBUSLI BUDJET" mablagʻlari hisobidan "Obod" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi "Fargʻona" shaharchasi Qabristoniga boruvchi yoʻlga asfalt yotqizish ishlari olib borilishi nazorat qilindi.

Asfalt yotqizish ishlari keng jamoatchilik nazoratida sifatli va jadallik bilan bajarilmoqda. Xususan, avtomobil yoʻllaridagi yoʻl qoplamalarini toza va soz holda saqlash, yoʻl chetlaridagi har xil chiqindi, oʻt-oʻlanlardan tozalash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat

kengashi matbuot xizmati

Teglar

Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish