QONUNLARNING YOSHLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI

 

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Hazorasp tuman kengashi tomonidan Hazorasp tuman axborot - kutubxona markazida "Qonunchilik yoshlar nigohida" loyihasi doirasida Yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun - mohiyati, yoshlarga doir meʼyorlar va moddalar boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Uchrashuvda, soʻzga chiqqanlar tomonidan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada alohida bir bobning oila, bolalar va yoshlar masalasiga bagʻishlangani, yoshlar huquqlarini himoya qilishga doir oʻzgarish va yangilanishlar yoshlar vakillari tomonidan mamnuniyat bilan eʼtirof etilayotganligi taʼkidlandi.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Oʻzbekiston XDP  Xorazm viloyat

kengashi matbuot xizmati

Teglar

Yoshlar qanoti Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish