G‘amxo‘rlik va e'tibor

 

Kuni kecha Oʻzbekiston XDP Urganch tuman kengashi hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamkorligida "Mehr ulashaylik!" loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari hamda toʻgarak aʼzolari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda oʻquvchilarning qiziqishlari doirasida qiziqarli savollar, viktorinalar tashkil qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston XDP Urganch tuman kengashi, "Barkamol avlod" bolalar maktabining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Ushbu tadbir oʻquvchilar va ularning ota-onalarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir yoshlar ijrosidagi yoqimli kuy va qoʻshiqlar bilan yakunlandi.

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish