Yangi yil shukuhi

 

Xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining Yangi yil arafasida aholining kayfiyatini ko‘tarish, aholi uchun bayramni munosib kutib olishga shart-sharoitlar yaratish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Chilonzor tumani mahallalarida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun yangi yil bayrami tadbirlari tashkil etilmoqda.

Kuni kecha Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati Zafar Mirzoulukov tomonidan deputatlik okrugiga qarashli "2-Qatortol" mahallasi bolajonlari uchun bayram uyushtirildi.

Qorbobo va qorqiz, ertak qahramonlari, sho‘x kuy va qo‘shiqlar bolajonlarni quvontirib, dillarini xushnud qildi. Qorboboning qo‘lidan sovg‘a olgan bolajonlarning xursandchiligidan mahalla ahlini ham mamnun bo‘ldi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish