Partiya a’zolari ko‘paymoqda

 

O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasida «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda birlashmaning Bolalar bo‘limida faoliyat yuritayotgan bir guruh hamshira qizlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi raisi, partiya guruhi rahbari S. Xamroyev hamda tuman partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Z. Tursunov faol yoshlarni partiya safidan joy egallaganliklari bilan tabriklab, elektorat manfaatlarini himoya qilishdagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish