Navoiy asarlari ilhom manbaidir

 

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamda Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida “Alisher Navoiy asarlari ilhom manbaidir” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.

Unda ma’naviyatimiz bobokaloni hazrat Alisher Navoiy o‘z asarlarida halollik, poklik, kamtarlik, rostgo‘ylik, hayo va ibo kabi ahloqiy sifatlarni ulug‘lagani, uning asarlari insonlarni hushtavoze’lik, yuksak did, ilmu ma’rifatga, vatanparvarlikka undashi e’tirof etildi. Alisher Navoiy buyuk ijodi davomida turli janr va yo‘nalishlarda salmoqli ishlar qilgan. Nasrda ham nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Shubhasiz, Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi “Xamsa” asaridir. 52 ming misradan iborat bu beshlik XV asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, ahloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi hisoblanadi. Navoiy asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.

Bugungi kunda yoshlarni ezgu g‘oyalar ta’sirida tarbiyalash va ularning ma’naviyatini yuksaltirishda Navoiy ijodining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish