Deputatlar tomonidan aholi bandligi o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDP Piskent tumani kengashi tomonidan tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzildi. Guruh a’zolari tomonidan 2023 yilda bu borada olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, tahlil qilindi.

Tumandagi 29 ta mahallada ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilani yagona raqamli pasportini ishlab chiqish maqsadida oila a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joylarda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Ishchi guruhning o‘rganishlarini deputatlik guruhida yana bir bor muhokama qilib, doimiy komissiyada, tumanning navbatdagi sessiyasiga olib chiqish masalasi ilgari surildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish